Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Pedagogika OTMlarining professor-o'qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'qituvchilar va rahbar kadrlar malakasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar ma'lum qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, respublikada pedagog kadrlar malakasini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” tadbirlari doirasida 11 ta yo'nalishda 72 soatlik dastur asosida jami 443 ming 707 nafar maktab o'qituvchisining malakasi oshirildi.

Rahbar kadrlar tayyorlash va chet eldagi amaliyotlar

Hisobot davrida 2 ming 228 nafar rahbar, jumladan 960 nafar bog'cha direktori va 1 ming 268 nafar maktab direktori maxsus menejerlik kurslarida o'qitildi. Shuningdek, direktorlik lavozimiga nomzod bo'lgan 1 ming 768 nafar mutaxassis, jumladan 1 ming 86 nafar maktab va 682 nafar bog'cha nomzodlari tahsil oldi.

Ta'lim muassasalarining 153 nafar xodimi xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yo'l oldi. Ular orasida maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarining 80 nafar pedagog xodimi hamda pedagogika oliy ta'lim muassasalarining 73 nafar professor-o'qituvchisi bor. Bundan tashqari, “Yangi O'zbekiston” universitetida “Massachusets texnologiya” instituti dasturi asosida respublika bo'ylab 1 ming 400 nafar informatika o'qituvchisi uchun sun'iy intellekt bo'yicha maxsus kurslar tashkil etildi.

Kelgusidagi rejillar

Oldinda turgan vazifalar sirasiga yana 48 ming 902 nafar rahbar va pedagog xodimning malakasini oshirish, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” o'quv dasturlarini yanada takomillashtirish kiritilgan. Shuningdek, yana 2 ming 80 nafar rahbarni menejerlik kurslarida o'qitish rejalashtirilgan.

Kelgusida eng yaxshi 100 nafar informatika fani o'qituvchisini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish, shuningdek, xalqaro ta'lim dasturlari joriy etiladigan yo'nalishlar uchun zarur o'quv-metodik ta'minotni bosqichma-bosqich yaratish ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi