Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va AQSH hamkorligida qo'shma yuridik ta'lim dasturlari ochilishi mumkin

O'zbekiston OTMlari va Amerika universiteti yuridik kolleji o'rtasida qo'shma magistrlik dasturlari va akademik almashinuvni yo'lga qo'yish muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Amerika universiteti yuridik kolleji vakillari va xalqaro hamda qiyosiy huquqiy tadqiqotlar dasturi direktori Padideh Alay boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot davomida AQSH ta'lim muassasasi xalqaro tijorat huquqi bo'yicha mamlakatda kuchli o'ntalikka kirishi, shuningdek, investitsiya huquqi, savdo, arbitraj va qiyosiy huquqshunoslikda katta tajribaga ega ekani ta'kidlandi.

Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari

Tomonlar akademik mobillik, magistrlik dasturlari va investitsiyaviy sheriklikni qo'llab-quvvatlash masalalarini ko'rib chiqdi. Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish taklif qilindi. Nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirgan holda qo'shma magistratura hamda qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish, xalqaro va ommaviy huquq yo'nalishlarida o'qishga kiruvchilarga moliyaviy imtiyozlar taqdim etish rejalashtirilgan.

  • "El-yurt umidi" jamg'armasi bilan birgalikda davlat xizmatchilari va amaliyotchi huquqshunoslar malakasini oshirish;
  • Ixtisoslashtirilgan treninglar, stajirovkalar va almashinuv dasturlarini joriy etish;
  • Xalqaro savdo huquqi, JST huquqi, investitsiyalarni tartibga solish va nizolarni hal etish sohalarida mutaxassislar tayyorlash.

Muzokara yakunida 2026 yil may oyida universitet rahbariyatining O'zbekistonga tashrifini tashkil etish va ikki tomonlama akademik aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi