Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Rossiya ta'lim hamda kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi

Toshkentda O'zbekiston va Rossiya o'rtasida ta'lim dasturlari hamda mehnat bozori ehtiyojlarini integratsiya qilishga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Poytaxtimizdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida ta'lim dasturlari va mehnat bozori ehtiyojlarini O'zbekiston hamda Rossiya hamkorligida integratsiya qilishga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda davlat idoralari, diplomatik korpus, yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari, madaniy-jamoat tashkilotlari hamda ikki mamlakat biznes doiralari vakillari qatnashdi.

Anjumanda ikki davlat o'rtasidagi ta'lim, mehnat bozori va migratsiya yo'nalishlaridagi sheriklikning amaldagi holati hamda uni kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Tematik sessiyalar va muhokama qilingan masalalar

Tadbir dasturidan uchta asosiy tematik sessiya o'rin oldi. Ularda mamlakatimizdagi oliy ta'lim tizimi hamda mehnat bozori ehtiyojlari, Rossiya oliy ta'lim muassasalari filiallari negizida kadrlar salohiyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, biznes va ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik modellari hamda tayyorlov markazlarining mehnat migratsiyasini boshqarishdagi o'rniga alohida e'tibor qaratildi.

Mutasaddilarning fikricha, mehnat bozorining real talablarini ta'lim dasturlari bilan uyg'unlashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois o'rta va oliy bo'g'in mutaxassislarini tayyorlash jarayonida zamonaviy kvalifikatsiya talablarini inobatga olish, ta'lim maskanlari va ish beruvchilar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlik va amaliyot dasturlari

Yig'ilish chog'ida Rossiya kapitali ishtirokida respublikamizda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash hamda amaliyot dasturlarini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi sohasida tashkillashtirilgan yondashuvlarni rivojlantirish, fuqarolarning kasbiy, til va adaptatsiya tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi