Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Turkiya oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O'zbekiston va Turkiya oliy ta'lim vazirliklari rahbarlari uchrashuvida Turkiy davlatlar xalqaro universitetini ochish masalalari muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

2026 yil 28 yanvar kuni O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong'irotboy Sharipov hamda Turkiya oliy ta'lim kengashi raisi Erol O'zvar ishtirokida ikki davlat soha rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muloqot davomida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, xususan, ta'lim va ilm-fan yo'nalishidagi aloqalar izchil kengayib borayotgani ta'kidlandi.

Ikki tomonlama hamkorlik va qo'shma dasturlar

Muzokaralar chog'ida oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi mavjud huquqiy asoslar, jumladan, ilm-fan salohiyati, muhandislik ishlanmalari va yuqori texnologiyalar sohasidagi hukumatlararo bitimlar hamda memorandumlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, 2022-2024 yillarda Izmir, Samarqand va Istanbul shaharlarida o'tkazilgan O'zbekiston-Turkiya ta'lim forumlari natijalari tahlil etilib, qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'rib chiqildi.

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti loyihasi

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish loyihasining amaliy bosqichlari bo'ldi. Uni to'liq yo'lga qo'yish maqsadida professor-o'qituvchilarni jalb etish hamda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda Turkiya tomonining ko'magi muhimligi qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Yunus Emre instituti madaniyat markazi filialini tashkil etish ishlari yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, qo'shma ilmiy loyihalarni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi