Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Administratsiyasi rahbari o'rinbosari Hilola Umarova boshchiligida kasbiy ta'limni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda kasbiy ta'lim sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning mehnat bozorida o'z o'rnini topishiga ko'maklashish hamda ta'lim dargohlaridagi ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi rahbari o'rinbosari Hilola Umarova boshchiligida kasbiy ta'limni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Kasbiy ta'lim agentligi hamda tegishli tizim tashkilotlari va hududiy bo'linmalar rahbarlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o'tgan tadbirda kasb-hunar ta'limini rivojlantirish, amaliy ko'nikmalarga tayangan dual ta'lim tizimini takomillashtirish hamda xorijiy hamkorlik dasturlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Asosiy vazifalar va rejalar

Yig'ilish davomida mamlakatimizda o'z faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan ilg'or texnikumlar tajribasini respublika miqyosida ommalashtirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, texnikum o'quvchilari o'rtasida joriy yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat” milliy tanlovini yuksak saviyada tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Bundan tashqari, ta'lim dargohlariga til egalari bo'lgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda Kasbiy ta'lim agentligi va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hududiy bo'linmalari o'rtasida yaqin hamkorlikni o'rnatish muhimligi alohida ta'kidlandi. Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududiy rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi