Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Xitoy OTMlari o'rtasida ta'lim va ilm-fan yo'nalishida yangi kelishuvlarga erishildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro anjumanda qatnashdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi strategik sheriklik aloqalari ta'lim yo'nalishida ham jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, qo'shma ta'lim dasturlarini hayotga tatbiq etish hamda ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalqaro anjumandagi ishtirok

Xitoy Xalq Respublikasining Guychjou viloyati, Guyyan hamda Guyan shaharlarida bo'lib o'tgan “2026 China–ASEAN Education Cooperation Week” xalqaro tadbiri ana shunday yirik muloqot maydonlaridan biriga aylandi. Mazkur nufuzli anjumanda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali delegatsiyasi ham qatnashdi.

Professor A.Yesimbetov boshchiligidagi filial vakillari xalqaro forumlar va sohaviy uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Tashrif davomida veterinariya, chorvachilik hamda biotexnologiya sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim jarayoniga zamonaviy usullarni tatbiq etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o'tkazildi. Shuningdek, kasb-hunar ta'limiga bag'ishlangan forum doirasida ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, amaliy ko'nikmalarni kuchaytirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan ma'ruza qilindi.

Yangi memorandumlar va kelishuvlar

Tashrif doirasida Xitoyning Politexnika universiteti hamda Ninsya Kasb-hunar texnika universiteti bilan muhim kelishuvga erishildi. Xususan, “Tovuq yetishtirish va sotish” yo'nalishi bo'yicha Shenzhen Agreement asosida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Buning ortidan Xitoy hamda ASEAN davlatlarining qator oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan anglashuvlarga erishildi.

Ushbu imzolangan kelishuvlar va memorandumlar kelgusida akademik almashinuvni kengaytirish, qo'shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda xalqaro ta'lim loyihalarini amalga oshirishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi