Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda 40 yoshdan oshgan talabalar soni keskin ko'paydi

Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 2025/2026 o'quv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 ming 483 nafarga yetdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ta'lim islohotlari natijasida oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan talabalar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususiy universitetlarga keng yo'l ochilgani, qabul kvotalari oshirilgani hamda xotin-qizlar uchun qo'shimcha imtiyozlar yaratilgani bunga muhim asos bo'lmoqda. Sohadagi bunday o'zgarishlar nafaqat yoshlar, balki yoshi kattalarning ham oliy ma'lumot olishga bo'lgan qiziqishini oshirmoqda.

Yillar kesimidagi o'zgarishlar

Milliy statistika qo'mitasi taqdim etgan raqamlarga ko'ra, 2025/2026 o'quv yilida mamlakatimiz oliygohlarida 40 yosh va undan katta bo'lgan talabalar soni 53 ming 483 nafarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2010/2011 o'quv yilida bu ko'rsatkich atigi 616 nafarni tashkil etgan bo'lib, o'tgan davr mobaynida 52 ming 867 nafarga ko'paygan.

Jumladan, yoshi kattalar ta'limi bo'yicha yillik ko'rsatkichlar quyidagicha shakllangan:

  • 2010/2011 o'quv yili: 616 nafar
  • 2020/2021 o'quv yili: 10 ming 110 nafar
  • 2021/2022 o'quv yili: 10 ming 531 nafar
  • 2022/2023 o'quv yili: 20 ming 247 nafar
  • 2023/2024 o'quv yili: 36 ming 113 nafar
  • 2024/2025 o'quv yili: 44 ming 22 nafar
  • 2025/2026 o'quv yili: 53 ming 483 nafar

Kelgusidagi rejalar

«O'zbekiston — 2030» Strategiyasida oliy ta'lim qamrovini kengaytirish va mutaxassislar tayyorlash sifatini yuksaltirish bo'yicha qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Unga ko'ra, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish ko'zda tutilgan. Shuningdek, 30 ta oliy ta'lim muassasasining dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish, dunyo reytingining «Top-500» taligiga kiruvchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo'shma ta'lim dasturi asosida ikki diplomli tizimni amaliyotga joriy etish maqsad qilingan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi