Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Pedagoglar farzandlari uchun kontrakt chegirmasini olish tartibi ma'lum qilindi

Pedagog xodimlarning farzandlariga qo'llaniladigan 30 foizlik kontrakt chegirmasi va uni rasmiylashtirish tartib-qoidalari ochiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Adliya vazirligida 2026-yil 9-iyulda 3849-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan qo'shma qarorga asosan, pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlar ro'yxatiga kiritilgan xodimlarning farzandlariga to'lov-kontrakt summasidan 30 foizlik chegirma beriladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ma'muriy-boshqaruv, texnik hamda xo'jalik xodimlari mazkur ro'yxatga kirmaydi.

Ariza berish va ko'rib chiqish tartibi

Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to'lov-kontrakt shartnomasini olish uchun ariza yuboradi. Shundan so'ng uning pedagog farzandi ekani elektron tarzda tekshirilib, tasdiqlangach, 30 foizlik chegirma qo'llaniladi. Taqdim etilgan arizalar ikki ish kuni ichida ko'rib chiqiladi. Mazkur chegirma bir o'quv yili davomida bir marta qo'llanishi belgilangan. Hozirgi vaqtda kontrakt.edu.uz tizimida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash uchun vazirlik va idoralarning ma'lumotlar bazalarini integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli ariza topshirish imkoniyati ishga tushirilgani haqida qo'shimcha e'lon beriladi.

To'lov muddatlari va shartlari

Talaba chegirmadan keyingi summani bir yo'la yoki bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin. Bo'lib to'lashda kontraktning dastlabki to'liq summasiga nisbatan quyidagi ulushlar hisoblanadi:

  • 25 foizi - birinchi kursga tavsiya etilganlar uchun 15-oktabrgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 1-oktabrgacha;
  • yana 25 foizi - 1-yanvargacha;
  • qolgan 20 foizi - 1-martgacha.

Shu tariqa, talabaning jami to'lovi kontrakt summasining 70 foizini tashkil etadi. Chegirmaga to'g'ri keluvchi 30 foiz esa 1-maygacha davlat byudjeti mablag'lari hisobidan oliy ta'lim tashkilotiga qoplab beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi