Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimi: qamrov ko'rsatkichlari va sifat sari qadamlar

O'zbekistonda so'nggi yillarda oliy ta'lim qamrovi sezilarli darajada oshib, yangi universitetlar va zamonaviy o'qitish shakllari joriy etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

So'nggi o'n yilda O'zbekiston oliy ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berdi. Endilikdagi asosiy vazifa mavjud sharoitlarni sifatli bilimga va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan natijaga aylantirishdan iboratdir.

Qamrov va imkoniyatlarning kengayishi

Tahlillarga ko'ra, 2016-yilda 18–23 yoshli aholining oliy ta'lim bilan qamrovi 7,2 foiz atrofida bo'lgan bo'lsa, 2024/2025 o'quv yili boshiga kelib bu ko'rsatkich 47,7 foizga yetdi. 2025-yilda mamlakatdagi talabalar soni 1,7 million nafarga yaqinlashdi, oliy ta'lim tashkilotlari soni esa 207 taga yetdi. Hududlarda yangi davlat oliygohlarining tashkil etilishi, shuningdek, nodavlat va xorijiy universitetlar faoliyatining kengayishi yoshlarga o'z yashash joyiga yaqin hududda tahsil olish imkoniyatini taqdim etdi. Kechki, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllari ishlayotgan fuqarolar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratdi. Davlat grantlari, ta'lim kreditlari va stipendiyalar talabalarga iqtisodiy ko'mak bermoqda.

Ta'lim sifati va pedagog kadrlar salohiyati

Talabalar sonining ko'payishi ta'lim sifati avtomatik ravishda oshganini anglatmaydi. Zamonaviy universitet bitiruvchidan bilim bilan birga mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish, axborotni tahlil qilish va yangi texnologiyalarni o'zlashtirish talab etiladi. Shu bois ta'lim jarayonida bilimni yodlashdan ko'ra, uni amaliyotda qo'llash muhimdir. Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyot rivojlanayotgan sharoitda ta'lim dasturlarini muntazam yangilab borish talab etiladi.

Respublikadagi islohotlarning yorqin misollaridan biri bu Chirchiq davlat pedagogika universiteti hisoblanadi. 2017-yil 27-iyulda tashkil etilgan mazkur ta'lim muassasasi 2022-yilda universitet maqomini oldi. Bugungi kunda bu yerda 22 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Universitetda "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" yo'lga qo'yilgan bo'lib, "maktab-laboratoriya" maydonchalarida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko'rmoqda. Shuningdek, universitetning axborot-resurs markazi fondida 182 mingdan ziyod adabiyot mavjud.

Oliy ta'limdagi yangi bosqich qamrov, imkoniyat, sifatli ta'lim va kasbiy kompetensiya zanjiri orqali amalga oshmoqda. Asosiy maqsad ko'proq talabani qabul qilish emas, balki har bir yoshning salohiyatini ro'yobga chiqarib, uni raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashdir.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi