Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Baxmal tumanida yangi o'quv yili arafasida ikkita maktab foydalanishga topshirildi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ikkita maktab binosi yangi o'quv yiliga tayyorlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yangi o'quv yili arafasida ta'lim maskanlarida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumandagi ikkita ta'lim dargohi o'quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Yangi binolar va rekonstruksiya ishlari

Tumandagi 90-sonli umumta'lim maktabining yangi binosi noldan barpo etilib, bolajonlar uchun foydalanishga topshirildi. Ushbu maskanda o'quvchilarning chuqur bilim olishi, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishi va har tomonlama kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, 30-sonli umumta'lim maktabida ham keng ko'kamlida rekonstruksiya ishlari bajarilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Bu yerda sinfxonalar, fan kabinetlari, kutubxona va boshqa infratuzilma obyektlari yangilanib, qulay ta'lim muhiti shakllantirildi.

Bayram tadbirlari

Ta'lim maskanlarining Mustaqillik bayrami arafasida ochilishi o'quvchilar va o'qituvchilar uchun qo'shaloq bayramga aylandi. Mazkur tadbirlarda tuman hokimi Aziz Ergashev qatnashib, yig'ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Baxmaldagi bu ikki ta'lim maskanida yangi o'quv yili boshlanib, sinfxonalarda o'quvchilarning ovozi yangray boshladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi