O'zbekistonda o'qish istagidagi xorijlik talabalar soni 2,1 barobarga ko'paydi
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 30 ming nafar chet el fuqarosi ta'lim olish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O'zbekistonga ta'lim olish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni 29 ming 548 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, mazkur ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga qaraganda 15,3 ming nafarga ko'payib, 2,1 barobar o'sishni qayd etgan.
Davlatlar kesimidagi ko'rsatkichlar
Respublikamiz OTMlarida o'qish uchun kelgan xorijlik talabalar qator davlatlar kesimida quyidagi raqamlarda namoyon bo'ldi:
- Turkmaniston — 11 986 nafar
- Hindiston — 6 163 nafar
- Tojikiston — 2 271 nafar
- Xitoy — 1 311 nafar
- Pokiston — 1 252 nafar
- Qirg'iz Respublikasi — 1 028 nafar
- Misr — 852 nafar
- Koreya Respublikasi — 732 nafar
- Filippin — 620 nafar
- Boshqa davlatlar — 3 333 nafar
Ushbu raqamlar mamlakatimizdagi oliy ta'lim tizimi va yaratilayotgan imkoniyatlarga chet el fuqarolarining qiziqishi sezilarli darajada oshganidan dalolat beradi.
Manba: UzA



