O'zbekistonda ta'lim olish uchun kelayotgan xorijlik talabalar soni keskin ko'paydi
O'tgan yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekistonga o'qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 37 ming nafardan oshdi.

So'nggi davrlarda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish istagida bo'lgan xorijiy fuqarolar safi kengayib bormoqda. Milliy statistika qo'mitasi taqdim etgan raqamlarga ko'ra, o'tgan yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizga o'qish uchun kelgan chet elliklar jami 37 ming nafardan oshgan. Mazkur ko'rsatkich avvalgi yilning mos davri bilan solishtirilganda 54,3 foizga ko'payganini ko'rsatmoqda.
Davlatlar kesimidagi ko'rsatkichlar
O'zbekistonda ilm olishni tanlagan xorijlik talabalar orasida asosiy ulush Hindiston va Turkmaniston fuqarolariga to'g'ri keladi. Xususan, mamlakatlar bo'yicha taqsimot quyidagicha ko'rinish olgan:
- Hindiston — 16,3 ming nafar
- Turkmaniston — 8,9 ming nafar
- Tojikiston — 2,7 ming nafar
- Pokiston — 1,7 ming nafar
- Xitoy — 1,4 ming nafar
- Janubiy Koreya — 870 nafar
- Qirg'iz Respublikasi — 823 nafar
- Misr — 737 nafar
- Filippin — 501 nafar
- AQSH — 464 nafar
- Turkiya — 357 nafar
- Afg'oniston — 291 nafar
- Iordaniya — 194 nafar
- Buyuk Britaniya — 179 nafar
- Rossiya — 164 nafar
- Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) — 155 nafar
- Eron — 115 nafar
- Qozog'iston — 113 nafar
- Bangladesh — 97 nafar
- Italiya — 94 nafar
Manba: UzA



