Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlash vazirlik ko'rsatmasi asosida amalga oshirilgani ma'lum bo'ldi

Maktablarda o'qituvchilarning bayram kunlari tun-u kun navbatchilik qilgani yuzasidan vazirlik ko'rsatmasi mavjudligi aniqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Farg'ona viloyatidagi maktablarda pedagog xodimlarning bayram kunlari uzluksiz navbatchilikka jalb etilishi ortida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining topshirig'i turgani oydinlashdi. Avvalroq Buvayda tumanidagi 37-maktabda o'qituvchilarning dam olish kunlari ham maktabda qolib tun-u kun navbatchilik qilgani jamoatchilik e'tiroziga sabab bo'lgandi va maktab direktori lavozimidan ozod etilgandi.

Vazirlik ko'rsatmasi va hukumat bayoni

Ma'lum bo'lishicha, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'rinbosarining hududiy boshqarmalarga yo'llagan xizmat doirasida foydalanish uchun mo'ljallangan xatida 2025 yil 25 dekabridan 2026 yil 5 yanvariga qadar xodimlardan o'zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlarda 24 soatlik uzluksiz navbatchilik hamda hududiy shtablar faoliyatini tashkil etish so'ralgan. Mazkur topshiriq hududiy boshqarmalar orqali tuman-shahar bo'limlariga, ulardan esa maktab va bog'chalarga yetkazilgan.

Ushbu xat mazmuni Vazirlar Mahkamasining 20 dekabrdagi 245-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadiga asoslangani ko'rsatilgan. Hukumat bayonining 28-bandiga ko'ra, belgilangan sanalar oralig'ida Vazirlar Mahkamasida tun-u kun ishlaydigan Respublika shtabi faoliyati tashkil etilib, vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalarida 24 soatlik uzluksiz navbatchilikni yo'lga qo'yish belgilangan edi.

Ommaviy tus olgan amaliyot

Olingan hujjatlarga tayanib aytish mumkinki, Yangi yil bayrami munosabati bilan ta'lim muassasalari xodimlarini tun-u kun navbatchilikka majburlash holati respublikadagi deyarli barcha maktablarda amalga oshirilgan bo'lishi mumkin. Tarmoqlarda kuchli rezonans keltirib chiqargan ushbu holat yuzasidan Buvaydadagi maktab direktori pedagoglarga lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifalarni yuklagani uchun jazolangandi, biroq mazkur topshiriqning yuqori idoralar tomonidan berilgani keyinchalik ma'lum bo'ldi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi