Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda ta'lim vazirliklarining byudjet mablag'laridan foydalanish ko'rsatkichlari ma'lum qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ta'lim sohasidagi vazirliklovlarning hisobotlari tinglandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan eshituvda qator vazirliklar qatorida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirliklarining hisobotlari ko'rib chiqildi. Mazkur yig'ilishda 2025-yil yakuni va 2026-yilning birinchi choragida byudjet mablag'laridan foydalanish hamda rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.

Oliy ta'lim yo'nalishidagi ko'rsatkichlar

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun 2026-yilda byudjet dasturlariga jami 6 309,7 mlrd. so'm mablag' ajratilgan bo'lib, shundan 1 047,0 mlrd. so'mi joriy yilning birinchi choragida sarflangan. Belgilangan 51 ta maqsadli indikator ko'rsatkichlarining ijrosi o'rtacha 47,5 foizni tashkil etgan. Hisobot davrida oliy ta'lim tashkilotlarining o'quv va ilmiy jarayonlariga 790 nafar xorijiy professor-o'qituvchi jalb qilingan hamda xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda yettita qo'shma ta'lim dasturi yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, respublika bo'yicha talabalar turar joylari sig'imi 159,2 ming o'ringa yetkazilib, belgilangan reja 107,5 foizga bajarilgan.

Maktab ta'limi va bitiruvchilar natijalari

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hisobotida qayd etilishicha, maktab bitiruvchilarining o'rtacha test natijasi 76,9 ballni tashkil etgan. Prezident maktablari bitiruvchilarining 80,7 foizi A-LEVEL (A-C) hamda 90 foizi IELTS va SAT sertifikatlarida yuqori natija ko'rsatgan. Tizimdagi oliy ma'lumotli o'qituvchilar ulushi 97,3 foizga yetkazilib, reja orttirib bajarilgan. Shuningdek, 10 ming 67 ta maktab sport jihozlari va musiqa asboblari bilan ta'minlangan.

Muhokamalar davomida xalq vakillari byudjet mablag'laridan yanada samarali foydalanish, bajarilmagan maqsadli indikatorlarni tahlil qilish va ularning ijrosini to'liq ta'minlash yuzasidan o'z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi