O'zbekistonda ta'lim xizmatlari hajmi oshdi: Toshkent yetakchi
2026-yilning birinchi yarmida O'zbekistonda ta'lim xizmatlari hajmi 23,8 trillion so'mni tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatimizda ko'rsatilgan ta'lim xizmatlari hajmi 23,8 trillion so'mga yetdi. Ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,7 foizga oshganini ko'rsatmoqda. Milliy statistika qo'mitasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yo'nalishdagi xizmatlar tarkibida oliy ta'lim sohasi eng katta ulushga ega bo'lib, umumiy hajmning 42,4 foizini ta'minladi.
Hududlar bo'yicha taqsimot
Respublika bo'ylab ta'lim xizmatlari hajmi hududlar kesimida turlicha taqsimlangan bo'lib, asosiy qism poytaxt hissasiga to'g'ri keladi:
- Toshkent shahri - 12,7 trillion so'm (umumiy bozorning 53 foizi);
- Samarqand viloyati - 1,5 trillion so'm;
- Farg'ona viloyati - 1,5 trillion so'm;
- Andijon viloyati - 1,2 trillion so'm;
- Toshkent viloyati - 1,1 trillion so'm;
- Namangan viloyati - 1,1 trillion so'm;
- Buxoro viloyati - 1 trillion so'm;
- Qashqadaryo viloyati - 877,7 milliard so'm;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi - 691,3 milliard so'm;
- Xorazm viloyati - 602,5 milliard so'm;
- Surxondaryo viloyati - 577,8 milliard so'm;
- Navoiy viloyati - 373,6 milliard so'm;
- Jizzax viloyati - 323,9 milliard so'm;
- Sirdaryo viloyati - 243,6 milliard so'm.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etilishi ma'lum qilingan edi.
Manba: Kun.uz



