Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistondagi maktablar Canva platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi

O'zbekiston maktablari uchun Canva for Education platformasidan uch yil bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimiz ta'lim tizimini raqamlashtirish, o'quvchilarning zamonaviy ko'nikmalarini rivojlantirish va pedagoglar faoliyatini innovatsion vositalar bilan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi xalqaro hamkorlik ta'lim sohasiga ilg'or raqamli yechimlarni olib kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida o'tkazilayotgan Ta'lim transformatsiyasi sammiti +4 doirasida tashkil etilgan ushbu kelishuvga ko'ra, respublikamizdagi 10 mingdan ortiq umumta'lim maktabi Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, mazkur grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil qiladi.

Canva platformasining imkoniyatlari

Avstraliyada tashkil etilgan va bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq davlatida qo'llanilayotgan Canva yetakchi vizual dizayn platformalaridan biri sanaladi. Uning ta'lim uchun mo'ljallangan Canva for Education dasturi o'qituvchi hamda o'quvchilarga taqdimotlar, infografikalar va boshqa vizual o'quv materiallarini tayyorlashda minglab tayyor shablonlar hamda raqamli vositalarni taqdim etadi.

Mazkur platforma o'quvchilarda kreativ fikrlash, zamonaviy taqdimotlar va vizual materiallar tayyorlash hamda sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, u o'quv jarayonida jamoaviy ishlash madaniyatini rivojlantirish va raqamli savodxonlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi