O'zbekistonlik maktab o'quvchisi Balkan matematika olimpiadasida qatnashadi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Azizbek Mamajonov BMO-2026 olimpiadasiga yo'llanma oldi.

Xalqaro musobaqaga saralash jarayoni
Muhabbat va e'tiborga loyiq natija qayd etildi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filialida tahsil oluvchi 10-sinf o'quvchisi Azizbek Mamajonov "BMO-2026" — Balkan matematika olimpiadasida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Nufuzli musobaqaga yo'llanma respublika miqyosida bir necha bosqichda tashkil etilgan saralash imtihonlari natijalariga ko'ra berildi.
Mazkur saralash jarayonlari yakuniga ko'ra, O'zbekiston bo'yicha eng kuchli 6 nafar o'quvchi sarlab olindi va Azizbek ularning safidan munosib joy olishga muyassar bo'ldi. Balkan matematika olimpiadasi iqtidorli yosh matematiklar orasida o'tkaziladigan yirik xalqaro intellektual musobaqalardan biri bo'lib, unda dunyoning turli davlatlaridan kelgan bilimdon o'quvchilar murakkab nazariy hamda amaliy masalalar yechimi bo'yicha o'zaro bellashadilar.
Xalqaro miqyosdagi nufuzi
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda mazkur nufuzli olimpiada Yevropa qit'asidagi Gretsiya davlatida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ishtirok etuvchi yoshlar o'zlarining bilimlari va iqtidorlarini namoyon etish bilan birga, mamlakat sharafini xalqaro maydonda himoya qiladilar.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan xalqaro fan olimpiadalari ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Balkan matematika olimpiadasi mamlakat hukumati tomonidan rasman tan olingan xalqaro fan olimpiadalari ro'yxatiga kiritilgan.
Manba: UzA


