Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonlik yoshlar uchun xorijiy oliygohlar va amaliyot dasturlari kengaytirilmoqda

Hozirda 14 mingdan ortiq o'zbekistonlik talaba xorijning yetakchi universitetlarida o'qimoqda, shuningdek, yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o'tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda chet elda o'qiyotgan talabalar va xorijiy ta'lim masalalari muhokama qilindi.

Xorijdagi talabalar va yangi raqamli platforma

Bugungi kunda 14 mingdan ortiq o'g'il-qizlar AQSH, Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Koreyaning yetakchi oliygohlarida tahsil olmoqda. Ta'til paytida yurtimizga qaytadigan bunday yoshlar uchun vazirliklar, hokimliklar, shuningdek, davlat va xususiy kompaniyalarda stajirovka hamda amaliyot o'tashlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi. Bu jarayonni muvofiqlashtirish maqsadida ish beruvchilar va xorijda tahsil olayotgan talabalarni o'zaro bog'laydigan maxsus raqamli muloqot platformasi bir oy muddatda ishga tushirilishi belgilandi.

"El-yurt umidi" jamg'armasi va xususiy sektor buyurtmalari

Shuningdek, "El-yurt umidi" jamg'armasi liniyasi orqali har yili 700 nafarga yaqin o'g'il-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborilmoqda. Islohotlarning dastlabki bosqichida iqtidorli yoshlar asosan davlat tashkilotlarida ishlab berish sharti bilan chet elga yo'naltirilgan edi. Bugungi kunda xususiy sektorda ham yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan, kelgusida yoshlar xususiy sektor buyurtmasi asosida ham "El-yurt umidi" jamg'armasi ko'magida nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatiga ega bo'lishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi