Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Poytaxtimizda musiqa ta'limi bo'yicha yirik xalqaro forum o'tkazilmoqda

Toshkentda “Musiqa ta'limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusida xalqaro forum boshlandi. Unda sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Poytaxtimizda ilk marotaba “Musiqa ta'limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” deb nomlangan yirik xalqaro forum o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirda 200 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Tadbirning birinchi kunida “Madaniyat ta'limida sun'iy intellektning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda madaniyat va san'at ta'limi tizimiga sun'iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda o'quv jarayoniga kreativ platformalarni integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Anjumanda O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazbek Tojixonov, Qirg'iz Respublikasi madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vazirining birinchi o'rinbosari Soyuzbek Nadirbekov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev hamda AYSESKO vakili doktor Abdulhakim Al-Senan va boshqalar so'zga chiqdi.

Konferensiyada sun'iy intellekt yordamida milliy musiqa cholg'ularini o'rgatish, maqom va baxshichilik ijrolarini raqamli tarzda arxivlash, teatr merosini virtual formatda saqlash hamda interaktiv platformalarni yaratish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Yakunda 10 banddan iborat rezolyutsiya qabul qilindi.

Rektorlar forumi va xalqaro hamkorlik

Uch kun davom etadigan nufuzli anjumanda Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Koreya, AQSH, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya, Tojikiston va Armanistondan olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professorlar hamda talabalar qatnashmoqda.

Forum doirasida Turkiy davlatlar, MDH va Yevropa davlatlari OTM rahbarlari ishtirokida Rektorlar forumi ham tashkil etildi. Mazkur yo'nalishda o'quv jarayoniga ta'limning innovatsion shakllarini kiritish, qo'shma ijodiy loyihalar va ilmiy-uslubiy nashrlarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish hamda talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, tadbirlar doirasida gala-konsertlar, ijodiy uchrashuvlar va taqdimotlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi