Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o'zbek tili olimpiadasi nizomi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o'zbek tili olimpiadasini o'tkazish tartibi tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o'zbek tili olimpiadasini tashkil etish chora-tadbirlari ko'rildi. Qabul qilingan qarorga asosan mazkur olimpiadani o'tkazish tartibi hamda uning tashkiliy qo'mitasi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo'mita vazifalari va ishchi organ

Tashkiliy qo'mita zimmasiga qator muhim vazifalar yuklatildi. Jumladan, xalqaro miqyosdagi bilimlar bellashuvini muvofiqlashtirish, uning dasturi, logotipi hamda g'oliblarga taqdim etiladigan medallar eskizini tasdiqlash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, xarajatlar smetasini tasdiqlash, o'tkazilish joyi va muddatini belgilash, ishtirokchilarni ro'yxatga olish masalalari hal etiladi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilgan holda Hakamlar hay'ati hamda apellyatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlanishi belgilandi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Fan olimpiadalari markazi qo'mitaning ishchi organi etib belgilandi.

Ishtirokchilar va moliyalashtirish manbalari

Ushbu xalqaro olimpiadada chet ellarda yashab kelayotgan 14-18 yosh oralig'idagi vatandoshlarimiz qatnashishi mumkin. Bellashuv har yili oktabr oyiga qadar tashkil etilib, so'ngra g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Xorijdan keladigan ishtirokchilar va jamoa rahbarlarini kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlari, ekskursiyalar uyushtirish hamda diplom, sertifikat, medal va esdalik sovg'alarini tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar “Vatandoshlar” jamoat fondi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Imtiyozlar va huquqiy asos

Eslatib o'tamiz, davlat rahbarining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-sonli qaroriga muvofiq, ushbu xalqaro olimpiadada ustunlikni qo'lga kiritgan g'oliblar O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining “Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili va adabiyoti” ta'lim yo'nalishiga umumiy qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida talabalikka qabul qilinishi belgilab qo'yilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi