Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi o'tkazilmoqda

O'zbekistonda 2025/2026 o'quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining respublika bosqichi raqamlashtirilgan holda tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy faoliyatini rag'batlantirish maqsadida tashkil etiladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining 2025/2026 o'quv yili uchun respublika bosqichi o'tkazilmoqda. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilda mazkur tanlovlar jarayoni to'liq raqamlashtirilib, shaffoflik va ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etildi. Yangi elektron tizim orqali talabalar o'z ballarini kuzatish hamda apellyatsiya arizalarini yuborish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Ishtirokchilar va kvotalar taqsimoti

Jami davlat stipendiyalari uchun ajratilgan 933 ta kvotaga respublika bo'ylab 1 ming 706 nafar talabgordan arizalar kelib tushdi. Bakalavriat bosqichidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga har bir oliygoh uchun bittadan, jami 180 ta kvota ajratilgan bo'lib, unga 58 ta nodavlat va 28 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari ham kiritilgan. Mazkur kvotalar uchun 142 nafar talabgor hujjat topshirdi. Hujjatlarida nuqsoni bo'lmagan 128 nafar talabgori Maxsus komissiyaga taqdim etilib, Bilim va malakalarni baholash agentligi test sinovlarida qatnashishga tavsiya etildi. Ulardan 4 nafari turli sabablarga ko'ra sinovlarda qatnasha olmadi.

Nomli davlat stipendiyalari uchun jami 731 ta kvota ajratilgan bo'lib, ularga 1 ming 369 nafar talabgor o'z hujjatlarini topshirdi. Shundan 1 ming 256 nafar talabgorning hujjati ko'rib chiqish uchun Maxsus komissiyaga yo'naltirildi. Magistratura bosqichi bo'yicha Prezident davlat stipendiyasiga esa har yili 22 ta tanlov yo'nalishi bo'yicha bittadan kvota ajratiladi. Bu yilgi magistratura tanlovlarida 195 nafar talabgor hujjat taqdim etgan bo'lib, shundan 161 nafari test sinovlariga tavsiya etildi va ulardan 7 nafari sinovlarda qatnashmadi.

Suhbat va yakuniy bosqich

Test natijalariga asosan, magistratura bo'yicha 22 ta tanlov yo'nalishidan jami 61 nafar talabgor suhbat bosqichiga yo'llanma oldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasining respublika bosqichi 29 yanvar kuni bo'lib o'tmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi