Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o'zgartirishlar kiritildi

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligida maxsus test sinovlari joriy etildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Qabul qilingan qarorga asosan, prezident va nomli davlat stipendiyalariga da'vogar talabalarning axborot texnologiyalari, xorijiy tillar hamda O'zbekiston tarixi yo'nalishlaridagi bilimlari Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo'linmalarida maxsus test sinovlari orqali baholanishi belgilandi.

Yangi baholash tartibi va talablari

  • Test sinovlari bo'yicha o'tish ballining quyi chegarasi to'plash mumkin bo'lgan eng yuqori ballning 55 foizi etib belgilandi.
  • Belgilangan 55 foizdan past ball to'plagan yoki sinovlarda ishtirok etmagan talabgorlar prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi.
  • Baholash natijalaridan norozi bo'lgan talabalar uchun murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida kamida 5 nafardan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Talabgorlarning hujjatlari va erishgan yutuqlari maxsus tasdiqlangan mezonlar asosida baholanadi. Xususan, magistratura talabgorlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlari 40 ballgacha, erishilgan yutuqlar 20 ballgacha hamda agentlik test sinovlari natijalari 30 ballgacha baholanishi ko'zda tutilgan. Bakalavriat bosqichi talabgorlarida esa ilmiy ishlar 30 ballgacha, yutuqlar 20 ballgacha, til sertifikati 10 ballgacha va agentlik test sinovlari natijalari 30 ballgacha baholash qismi sifatida qayd etilgan.

Talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimi orqali shakllantirilishi belgilandi. Shuningdek, ilgari nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo'lgan talabalarga muayyan ta'lim bosqichida bu turdagi tanlovlarda qayta ishtirok etishga ruxsat etilmasligi qat'iy belgilab qo'yildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi