Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro viloyatida maktab direktorlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Buxoroda umumta'lim maktablari rahbarlari uchun zamonaviy boshqaruv va KPI tizimiga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Osiyo xalqaro universiteti o'rtasidagi hamkorlik doirasida viloyatdagi maktab direktorlari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. "Zamonaviy maktab rahbarining integrativ modeli: strategik boshqaruv, nutq va imij salohiyati" deb nomlangan seminar-treningda rahbar kadrlarning salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida Osiyo xalqaro universitetining tajribali professor-o'qituvchilari hamda boshqarma mas'ullari ishtirokchilarga amaliy treninglar o'tkazdilar. Unda zamonaviy rahbarlik kompetensiyalari, strategik fikrlash, samarali muloqot hamda rahbar imijini shakllantirish bo'yicha muhim tavsiyalar berildi.

KPI tizimi va ustamalar tartibi tushuntirildi

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga kiritiladigan KPI tizimi asosida maktab direktorlari va ularning o'rinbosarlariga oylik ustamalar belgilash tartibi batafsil tushuntirildi.

Mutasaddilar faoliyat samaradorligini baholashda shaffoflik, xolislik va natijadorlikni ta'minlash mezonlariga to'xtalib o'tdilar. Shuningdek, rahbar kadrlarning mas'uliyatini yanada oshirish orqali ta'lim sifati va boshqaruv samaradorligini yuksaltirish yo'llari ko'rsatib o'tildi. Yangi joriy etilayotgan KPI tizimi rahbarlar faoliyatini aniq ko'rsatkichlar asosida baholash, boshqaruvda natijaga yo'naltirilgan yondashuvni shakllantirish hamda samarali ishlayotgan xodimlarni moddiy rag'batlantirishda muhim omil bo'lishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi