Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qarshi shahridagi «Bolalar akademiyasi»da zamonaviy ta'lim muhiti yaratildi

Qarshidagi «Bolalar akademiyasi»da maktabgacha tayyorlov, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'lim bosqichlari uzviy yo'lga qo'yilgan.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan «Bolalar akademiyasi»da o'quvchilarning zamonaviy bilim olishi, xorijiy tillarni o'rganishi hamda ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mazkur ta'lim muassasasi 2023-yilda pedagoglar Javlon Lutfullayev va Asal Ziyodova tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, hozirda bu yerda maktabgacha tayyorlov, boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim bosqichlari o'zaro uzviylik tamoyili asosida olib borilmoqda. Bu esa bolalarning yagona ta'lim muhitida izchil bilim olishiga zamin yaratmoqda.

O'quv jarayoni va xorijiy tillar

Akademiyaning har bir sinfida ko'pi bilan 20 nafar o'quvchi tahsil oladi. Darslarda asosiy o'qituvchi bilan birga assistent pedagog ham faoliyat yuritib, bolalarga individual yondashuvni ta'minlashga erishilmoqda.

Muassasada xorijiy tillarni o'qitishga alohida urg'u berilgan bo'lib, o'quvchilarga ingliz, rus, yapon, xitoy va koreys tillari zamonaviy metodikalar asosida o'rgatib kelinmoqda. Shuningdek, dars jarayonida o'quvchilarning tanqidiy fikrlashi, ijodiy yondashuvi, liderlik fazilatlari va mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg'ulotlar ham uyushtiriladi.

Tarbiya va qadriyatlar

Ta'lim muassasasida chuqur bilim berish barobarida yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda mas'uliyat, intizom, sog'lom turmush tarzi va muomala madaniyatini shakllantirish masalalariga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi