Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qo'qonda "Dolzarb 90 kun" loyihasi yakunlanib, talabalikka bag'ishlov kechasi o'tkazildi

Qo'qon davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" sport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi va 1-bosqich talabalari uchun bag'ishlov kechasi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

10-sentabr kuni "Yoshlar" bog'ida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarining g'oliblarini taqdirlash marosimi hamda Qo'qon davlat universitetining yangi o'quv yiliga bag'ishlangan "Talabalikka bag'ishlov" badiiy kechasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, universitet rektori Dilnoza Xodjayeva, professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Shahar hokimi va universitet rektori tadbirni ochib berib, yoshlarni samimiy qutladilar.

Sport musobaqalari va taqdirlash jarayoni

Shundan so'ng, "Dolzarb 90 kun" loyihasi sport musobaqalari g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 10 ming nafardan ziyod yosh ishtirok etgan loyiha yakunlariga ko'ra, sportning turli yo'nalishlarida munosib natija qayd etgan 132 nafar yosh g'olib va sovrindor sifatida e'tirof etildi.

Talabalik qasamyodi va qo'shma ta'lim dasturi

Tadbir davomida Qo'qon davlat universitetining yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari tantanali ravishda talabalik qasamyodini qabul qildilar. Shuningdek, tadbir doirasida Chexiyaning Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo'shma ta'lim dasturi doirasida bitiruvchi magistrlarga ham diplomlar topshirildi. Kechada taniqli estrada xonandalari, so'z ustalari, opera ijrochilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, raqslar va sahna chiqishlari yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi