Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ta'lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo'ravonlik qilganlar pedagogik faoliyatdan chetlatiladi

O'zbekistonda ta'lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlari uchun ma'muriy javobgarlik belgilanib, qonun imzolandi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda ta'lim tashkilotlarida voyaga yetmagan bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo'ravonlik holatlari uchun maxsus javobgarlik belgilandi. Ushbu o'zgarishlarni nazarda tutuvchi qonun 11-sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, ta'lim muassasalarida bolalarni tarbiyalash va o'qitish vazifasi yuklatilgan shaxs tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida jismoniy zo'ravonlik ishlatish, kamsitish yoki xo'rlash kabi tahqirlovchi harakatlarni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi. Agar bu harakatlarda boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, ushbu chora qo'llaniladi.

Pedagogik faoliyatni cheklash tartibi

Qonunga ko'ra, ta'lim jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlik sodir etgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar 1 yil davomida quyidagi ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etiladi:

  • maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
  • umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlari;
  • professional ta'lim tashkilotlari;
  • bolalar uchun qo'shimcha ta'lim tashkilotlari.

Aliment to'lovlari bo'yicha qo'shimcha o'zgarishlar

Shuningdek, qonun doirasida aliment to'lovlariga oid yangi qoidalar ham kiritildi. Unga ko'ra, davlat yoki nodavlat muassasalarining to'liq ta'minotida bo'lgan voyaga yetmagan bolaga aliment to'lashi shart bo'lgan ota yoki onani bu majburiyatdan ozod qilishga yo'l qo'yilmasligi belgilandi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar foydasiga undiriladigan aliment miqdorini kamaytirish masalalarida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ishtirok etishi ko'zda tutildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi