Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida qabul boshlandi
UDEA universiteti Buyuk Britaniyaning Coventry University diplomi va Agrobank grantlari asosida yangi o'quv yili uchun qabul e'lon qildi.
Jahon banki 2024 yilgi hisobotiga ko'ra, dunyo bo'yicha bitiruvchilarning o'rtacha 41 foizi o'qigan yo'nalishidan tashqari sohada ish topishga majbur bo'lmoqda. Shuningdek, OECD ma'lumotlariga ko'ra, ish beruvchilarning 75 foizi universitet bilimlari real ish jarayonlariga to'liq mos kelmasligini bildiradi. O'zbekiston statistika hisob-kitoblariga binoan, so'nggi yillarda mamlakat bitiruvchilarining qariyb 60 foizi diplom olganidan keyin ish topishda jiddiy qiyinchilikka uchragan. Bu global tendensiyaga javoban O'zbekistonda yangi avlod xususiy oliygohlari o'z ta'lim modelini o'zgartirmoqda.
Buyuk Britaniyaning Coventry University bilan strategik sheriklik asosida ishlaydigan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) uch tarkibiy qismdan iborat yondashuvni taklif etmoqda. Universitet faoliyatida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
- Xalqaro standartdagi diplom: Bitiruvchilarga Coventry University diplomi beriladi. Ushbu universitet QS World University Rankings bo'yicha dunyoning eng yaxshi 600 universiteti qatoriga kiradi, yosh universitetlar reytingida TOP-23 o'rinni egallaydi va Britaniyaning TEF tizimi bo'yicha Oltin darajasi bilan taqdirlangan.
- To'liq moliyalashtirilgan grant: Agrobank ATB tomonidan 2026-2027 o'quv yili uchun UDEA talabalariga to'liq moliyalashtirilgan 4 yillik grantlar ajratildi. Grant ta'lim to'lovi va o'quv davri uchun bepul yotoqxona joyini to'liq qoplaydi.
- Real ish tajribasi: Talabalar o'qish davomida Agrobank ATB tizimi va hamkor kompaniyalarda amaliy jarayonlarda qatnashadi. Shuningdek, bitiruvchilar uchun bank tarmog'ida ish bilan ta'minlanish kafolati nazarda tutilgan bo'lib, bu ta'lim, amaliyot va birinchi ish joyi zanjirini birlashtiradi.
UDEA rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Rustam Abduraupovning ta'kidlashicha, asosiy vazifa talabaga shunchaki diplom emas, balki ishonchli karera trayektoriyasini taqdim etishdan iborat. O'quv jarayoni real biznes muhiti bilan parallel qurilsa, bitiruvchi mehnat bozoriga tayyor mutaxassis bo'lib kirib boradi.
Manba: Kun.uz



