Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Rim shahrida O'zbekiston va Italiya oliy ta'lim muassasalari forumi bo'lib o'tdi

Italiyaning Roma Tre universitetida ikki davlat oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida navbatdagi forum tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Italiya poytaxtidagi Roma Tre universitetida O'zbekiston va Italiya oliy ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida navbatdagi forum bo'lib o'tdi. Mazkur yig'in ikki davlat o'rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion ilmiy loyihalarni kengaytirish hamda ta'lim tizimida strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratildi.

Hamkorlik yo'nalishlari va muhokamalar

Anjuman doirasida innovatsiyalar va akademik hamkorlik bo'yicha muhokamalar o'tkazilib, qo'shma tadqiqotlar, ilmiy grantlar, zamonaviy ta'lim dasturlari va talabalar almashinuvi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, raqamli transformatsiya, muhandislik, yashil energetika, qishloq xo'jaligi innovatsiyalari, tibbiyot hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, dastur davomida O'zbekiston oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Rim shahrida tahsil olayotgan o'zbek talabalari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Tadbir yakunida tomonlar hamkorlik kelishuvlari doirasida ta'lim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

Ta'kidlanganidek, ushbu konferensiya mamlakatlarimiz o'rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, ilg'or tajriba va innovatsion yechimlar almashinuvini rag'batlantirish, shuningdek, yoshlarning xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu muloqot va kelishuvlar kelgusida yangi loyihalar, qo'shma ilmiy tadqiqotlar hamda keng qamrovli hamkorlik tashabbuslariga mustahkam zamin yaratadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi