Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

Universitetga to'langan kontrakt pulining 12 foizini qanday qaytarib olish mumkin?

Talabalar va ota-onalar o'qish uchun to'lingan kontrakt summasidan 12 foiz daromad solig'ini qaytarib olish tartibi.

TTahririyat 1 daqiqa

Fuqarolarning ta'lim olish uchun yo'naltirilgan daromadlari soliqqa tortilmasligi belgilangan. Bu amalda qanday ishlaydi?

  • Avvalo daromad topasiz va 12 foiz miqdorida daromad solig'ini to'laysiz;
  • Universitetga kontrakt to'lovini amalga oshirasiz;
  • Kontrakt to'lovi summasi soliqqa tortiladigan daromaddan chiqarib tashlanadi;
  • Soliq qayta hisoblanadi.

Qaytariladigan summa ma'lum bir formula bo'yicha hisoblanadi. Bunda to'langan kontrakt summasi 12 foizga ko'paytiriladi. Masalan, agar kontrakt 25 million so'm bo'lsa, 3 million so'mgacha qaytarib olish mumkin bo'ladi. Buning uchun daromadingizdan shu miqdorda jismoniy shaxslar daromad solig'i ushlab qolingan bo'lishi talab etiladi.

Kimlar soliq imtiyozidan foydalana oladi?

Mazkur imtiyoz quyidagi ta'lim to'lovlari uchun qo'llaniladi:

  • Shaxsning o'z o'qishi uchun;
  • Farzandining o'qishi uchun;
  • Turmush o'rtog'ining o'qishi uchun.

Bunda universitet albatta akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim muassasasi bo'lishi lozim. Imtiyoz litsenziyaga ega bo'lgan davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalariga nisbatan qo'llaniladi.

Qaysi hollarda imtiyoz qo'llanilmaydi?

Quyidagi holatlarda to'langan summalar uchun soliq imtiyozlari berilmaydi:

  • Aka-uka, opa-singil, jiyan va boshqa qarindoshlarning o'qishi uchun to'lov qilinganida;
  • Soliqqa tortilmaydigan daromadlardan to'langanida;
  • Hujjat bilan tasdiqlanmagan hollarda.

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Imtiyozdan foydalanish uchun quyidagi hujjatlar jamlanishi kerak:

  • Universitet bilan tuzilgan shartnoma;
  • To'lov hujjatlari, jumladan kvitansiyalar, bank o'tkazmalari va ma'lumotnomalar.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi