Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida o'tkazilgan “Karera kuni” yarmarkasida bitiruvchilarga mingdan ortiq bo'sh ish o'rinlari taqdim etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga bag'ishlangan “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi qurilish, shaharsozlik va arxitektura sohalarida faoliyat yuritayotgan 60 dan ziyod yirik tashkilot, kompaniya hamda korxonalar jami 1200 tadan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.

Jumladan, tadbir davomida bitiruvchi yoshlarga Samarqand shahrining o'zida 760 ta, shuningdek, Nurobod tumanida 140 ta, Pastdarg'om tumanida 110 ta va Narpay tumanida 38 ta vakant ish o'rni taklif etildi. Shuning bilan birga, xizmat ko'rsatish hamda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalar ham o'zlarining bo'sh o'rinlarini taqdim etdi.

Ish bilan ta'minlash natijalari

Universitetning karera markazi ma'lumotiga ko'ra, mazkur muloqotda 600 nafarga yaqin bitiruvchi talaba qatnashib, to'g'ridan-to'g'ri ish beruvchilar bilan suhbatlashdi. Uchrashuvlar natijalariga ko'ra, 80 nafarga yaqin yoshlar o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlar bo'yicha takliflar oldi. Ularning 55 nafari turli shakldagi uch tomonlama shartnomalarga imzo chekdi, 17 nafar talaba sinov muddati bilan ishga qabul qilindi hamda 9 nafari to'g'ridan-to'g'ri to'liq ish bilan ta'minlandi.

Bundan tashqari, ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi litsey, kollej va texnikum bitiruvchilari ham faol ishtirok etdi. Ushbu tadbir yoshlar uchun istiqbolli mutaxassislik va kasb egallash yo'lida muhim platforma vazifasini bajardi.

Ma'lumot o'rnida, 2025-2026 o'quv yilida mazkur oliygohni qariyb 1700 nafar yoshlar tamomlashi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda universitetda tayyorlanayotgan mutaxassislar nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro mehnat bozorida ham raqobatbardosh kadrlar sifatida e'tirof etilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi