Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari faoliyati tubdan takomillashtiriladi

Prezident qaroriga muvofiq, Samarqanddagi bir qator universitet va institutlar qayta tashkil etilib, yangi OTMlar tashkil etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident ishtirokida imzolangan navbatdagi qarorga ko'ra, Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta'lim tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun xalqaro talabarga mos mutaxassislar tayyorlash chora-tadbirlari belgilandi. Ushbu o'zgarishlar hududda axborot texnologiyalari, pedagogika, muhandislik va iqtisodiyot yo'nalishlaridagi kadrlar salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Oliy ta'lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va qo'shib olish

Qabul qilingan hujjatga asosan, qator OTMlar bazasida yangi tuzilmalar yaratilmoqda:

  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Samarqand davlat universitetiga qo'shib olinadi;
  • Samarqand davlat universiteti Urgut filiali bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti tashkil etilib, institutga qo'shib olinadi;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga qo'shiladi.

Shuningdek, talabalarning o'qishini davom ettirish tartibi ham belgilandi. Xususan, arxitektura-qurilish universitetining yoshlari texnika universitetida, TATU Samarqand filiali hamda SamDU Urgut filialining biznes va tabiiy fanlar yo'nalishidagilar Samarqand davlat universitetida o'qishini davom ettiradi. Urgut filialining pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti talabalari esa pedagogika institutining Urgut fakultetiga o'tkaziladi. TDIU Samarqand filiali talabalari iqtisodiyot va servis institutida o'qishini yakunlaydi va bitiruvchilarga tegishli oliy ta'lim tashkilotining diplomi beriladi. SamDU Urgut filiali biznes va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 o'quv yilida o'qiyotgan talabalariga o'qishini tugatgunga qadar o'sha bino va joyda ta'lim olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Ilmiy salohiyat va yangi yo'nalishlar

2026/2027 o'quv yilidan boshlab "El-yurt umidi" jamg'armasi hamkorligida mazkur OTMlarning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan professor-o'qituvchilar hamda doktorantlarni xorijning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlariga stajirovka va malaka oshirishga yuborish yo'lga qo'yiladi. Bundan tashqari, 2027/2028 o'quv yilidan boshlab Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg'or muhandislik maktabi o'z ishini boshlaydi. Hududdagi sanoat korxonalari talabidan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich ishlab chiqarish texnologiyalari hamda muhandislik sohalari bo'yicha yangi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari ochiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi