Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand viloyatidagi to'rtta oliy ta'lim muassasasi qayta tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, Samarqanddagi 4 ta OTM negizida yangi universitetlar va filiallar tashkil etilib, ayrimlari birlashtiriladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida prezident qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga asosan hududdagi to'rtta oliygoh faoliyatida o'zgarishlar amalga oshiriladi.

OTMlarni qayta tashkil etish va birlashtirish jarayonlari

  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
  • Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qo'shib olinadi.
  • Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qo'shib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo'lga qo'yiladi.
  • Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qo'shib olinadi.

Malaka oshirish va yangi muhandislik maktabi

2026/27 o'quv yilidan boshlab mazkur qarorda ko'zda tutilgan OTMlarning professor-o'qituvchilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish hamda ilmiy stajirovkaga yuboriladi. Shuningdek, 2027/28 o'quv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg'or muhandislik maktabi tashkil etiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi