Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda minglab maktab bitiruvchilari muddatidan oldin talaba bo'ldi

Samarqand viloyatida 2025-2026 o'quv yilida minglab bitiruvchilar milliy sertifikat olib, muddatidan avval talabalikni naqd qildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand viloyatidagi barcha umumta'lim maktablarida joriy yilda "Yuksak ma'rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tdi.

Bitiruvchilar va ularning yutuqlari

Joriy o'quv yilida viloyat maktablarining 9-sinfini 73 ming 322 nafar, 11-sinfini esa 50 ming 548 nafar o'quvchi tamomlamoqda. Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yoshlarning 1549 nafari fanlar bo'yicha milliy sertifikatni qo'lga kiritgan bo'lsa, 1945 nafar o'quvchi muddatidan oldin talabalik baxtiga erishdi. Jumladan, Samarqand shahridagi 30-umumta'lim maktabining o'quvchisi Azganush Abdulmajalova AQSHning Minissota universitetida o'qish uchun grant yutib oldi.

Bayram tadbirlari va rag'batlantirish

Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabida o'tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, davlat rahbarining bitiruvchilarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, 30-umumta'lim maktabida ham Prezident tabrigi o'qib eshittirildi. Mazkur ta'lim muassasasida 1468 nafar o'quvchi ta'lim olib, ulardan 94 nafari joriy yilda 11-sinfni bitirmoqda.

Tadbirlar davomida a'lo baholarda o'qigan, namunali xulqi va faolligi bilan ajralib turgan o'quvchilar taqdirlandi. Farzand tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashgan ota-onalarga "Eng faol ota", "Jonkuyar ona", "Mas'uliyatli ota-ona" nominatsiyalari bo'yicha minnatdorlik xatlari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi