Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasb ko'rgazmasi o'tkazildi

Samarqand shahrida oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun “TalabaExpo – 2026” kasb ko'rgazmasi tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand shahrida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun “TalabaExpo – 2026” kasb ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O'zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Ish o'rinlari va ishtirokchilar

Viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari va ularning bitiruvchilari qatnashgan tadbirda ish beruvchi 300 ga yaqin korxona va tashkilot 2,5 mingdan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi. Ko'rgazma yoshlarning bandligini ta'minlash, ularga to'g'ri kasb tanlashda ko'maklashish hamda istiqbolli g'oyalarini amalga oshirishga qaratilgan.

“O'zmilliybank” AJ ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda o'tkazilgan shunday ko'rgazmada 18 ming nafarga yaqin yoshlar qatnashgan edi. Dastur doirasida ikki yildan buyon 6 mingdan ortiq talaba tadbirkorlar safiga qo'shildi. O'tgan yili bitiruvchi talabalarning tadbirkorlik loyihalari uchun 400 milliard so'm yo'naltirilgan bo'lsa, joriy yil boshidan buyon ushbu maqsadga 169 milliard so'mdan ortiq kredit ajratildi.

Amaliy natijalar va imkoniyatlar

Jumladan, Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutini bu yil 609 nafar talaba bitirmoqda va ularning 300 nafari allaqachon doimiy ish o'rniga ega bo'ldi. Shuningdek, 36 nafar bitiruvchi o'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, 8 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqda. “Kelajakka qadam” dasturi bo'yicha o'tgan yili 14 nafar bitiruvchiga imtiyozli kredit berilgan bo'lsa, joriy yilda hozircha 9 nafar bitiruvchining loyihasi ma'qullanib, kreditlar ajratilmoqda.

Tadbir davomida yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, bo'sh ish o'rinlari bilan tanishdi va mutaxassislardan maslahatlar oldi. Shuningdek, yirik korxonalarga uyushtirilgan sayohatlar davomida bitiruvchilar xodimlarning ish jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi