Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari ko'cha nazoratchiligiga jalb etiladi

Samarqand viloyati hokimi OTM o'qituvchilarini ko'chalarni obodonlashtirish va nazorat qilish ishlariga jalb etish bo'yicha ko'rsatma berdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev rahbarligida oliy ta'lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Mazkur yig'ilishda Samarqand shahridagi ko'chalarni obod saqlash va nazorat qilish ishlariga OTM o'qituvchilarini ham jalb etish topshirig'i berildi. Ma'lum qilinishicha, endilikda har bir oliygohga hududining kattaligi hamda sohaga qarab ma'lum miqdorda ko'chalar biriktirib beriladi.

Oliy o'quv yurtlari ko'chalarga egalik qiladi

Hokimning so'zlariga ko'ra, har bir oliy ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan hududning egasiga aylanadi. O'qituvchilar har kuni ertalab belgilangan ko'chani piyoda aylanib chiqib, uning tozaligini, aholi duch kelayotgan muammolarni, trotuarlarning holatini, ko'chatlarning rivojlanishi yoki kasallanganini nazorat qiladi. Shuningdek, sug'orish tizimlari ishlayotgani, nogironlar uchun imkoniyatlar mavjudligi hamda ko'chatlarning joylashuvi o'rganib chiqiladi.

  • Ko'chalardagi mavjud kamchiliklar bo'yicha maxsus yo'l xaritalari tuziladi.
  • Kasallangan ko'chatlarni davolash ishlari amalga oshiriladi.
  • Ko'chat yo'q joylarning ro'yxati shakllantirilib, kuz faslida, noyabr oyida yangi ko'chatlar va butalar ekiladi.
  • Palapartish ekilgan o'simliklar almashtirilib, ularga dizayn beriladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo'shimcha qilishicha, Samarqand shahri ko'chalarini OTMlarga biriktirish tashabbusi ko'kalamzorlashtirish ishlariga yangicha yondashuvni joriy etishga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi