Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Bog'chalardagi o'rta maxsus ma'lumotli pedagoglar dual ta'limda o'qitiladi

Hukumat qaroriga ko'ra, 2026/2027 o'quv yilidan bog'chalardagi o'rta maxsus ma'lumotli pedagoglar dual ta'lim asosida o'qitiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha xalqaro tajriba asosida mutaxassislar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat 2026-yil 24-iyunda tasdiqlangan bo'lib, unga muvofiq 2026/2027 o'quv yilidan boshlab muhim o'zgarishlar amalga oshiriladi.

Dual ta'lim shakli joriy etilishi

Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlayotgan o'rta maxsus ma'lumotli pedagog kadrlar uchun to'lov-shartnoma asosida bakalavriat bosqichida dual ta'lim shakli joriy etiladi. Ushbu tizimga ko'ra, talabalar haftada 1 kun pedagogika oliy ta'lim tashkilotida, 5 kun esa o'z faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tashkilotida shug'ullanadilar.

Mazkur o'qishga qabul qilinish uchun pedagoglar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kamida 3 yil davomida faoliyat yuritgan bo'lishi talab etiladi. Nomzodlar test sinovlari asosida saralanadi. Shuningdek, dual ta'lim shaklidagi maktabgacha ta'lim bakalavriat yo'nalishiga faqat tegishli hududdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlayotgan xodimlar qabul qilinishi belgilandi.

Xalqaro dasturlar va kasbiy sertifikatlash

Qarorda oliy ta'lim muassasalarida xalqaro dasturlarni joriy etish masalasiga ham e'tibor qaratilgan. Jumladan, 2028/2029 o'quv yilidan O'zbekiston milliy pedagogika universitetida, 2029/2030 o'quv yilidan esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy ta'lim tashkilotlarining xalqaro ta'lim dasturlari ochilgan bakalavriat yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalariga imkoniyat yaratiladi. Unga ko'ra, talabalar yakuniy davlat attestatsiyasi bilan bir vaqtda o'z xohishiga ko'ra kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi