Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda yuzlab o'qituvchilar qatnashadigan "Yil o'qituvchisi" tanlovi boshlandi

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida 577 million so'm mukofot puliga ega "Yil o'qituvchisi" tanlovining uchinchi bosqichi start oldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida nufuzli “Yil o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining uchinchi bosqichi o'z ishini boshladi. Mazkur tadbirning ochilish marosimida Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari qatnashib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. Shuningdek, yig'ilganlarga sinov jarayonlarini o'tkazish tartibi, baholash mezonlari va asosiy talablar yuzasidan batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida to'liq ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida qur'a tashlash jarayoni tashkil etildi. Natijada har bir ishtirokchi pedagogning sinovlarda qatnashish ketma-ketligi aniq belgilab olindi.

Ishtirokchilar va sinov jarayoni

Joriy yilning 28-30-iyul kunlari davom etadigan mazkur bosqichda yurtimizning 208 ta tuman va shahridan saralab olingan jami 416 nafar o'qituvchi o'zining kasbiy mahorati, innovatsion yondashuvlari va chuqur bilimini namoyish etmoqda. Jumladan, ushbu bellashuvda Samarqand viloyatidan 32 nafar pedagog ishtirok etmoqda. Ular ta'lim sifatini oshirish, samaradorlikni ta'minlash hamda amaliyotga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish yo'lida o'zaro bahslashmoqdalar.

G'oliblarni taqdirlash tartibi

Musobaqa yakunlariga ko'ra, Samarqand viloyatining har bir tuman va shahridan 1 nafardan, jami 16 nafar hamda respublika miqyosida jami 208 nafar eng ilg'or pedagoglar g'olib deb topiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, har bir g'olib bo'lgan o'qituvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravari miqdorida, aniqrog'i 576 million 800 ming so'm miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi