Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali va Birja hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali va O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali va O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida ta'lim hamda amaliyot uzviyligini ta'minlash, shuningdek, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator vazifalar belgilandi.
Talabalar uchun amaliyot va ish o'rinlari
Imzolangan hujjatga ko'ra, oliygoh talabalari uchun birja tizimida malakaviy amaliyot va stajirovkalar tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish hamda iqtidorli bitiruvchi yoshlarni ishga jalb qilish bo'yicha maxsus dasturlar amalga oshiriladi.
Ilmiy-tadqiqot va qo'shma loyihalar
Tadbir doirasida soha mutaxassislari ishtirokida ochiq darslar, seminar va master-klasslar uyushtirish ko'zda tutilgan. Tomonlar qo'shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish yo'nalishida ham hamkorlik qiladi.
Avvalroq, “O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisi Asadulla Qayumov mazkur filial talaba-yoshlari bilan uchrashgan edi. Muloqot davomida yoshlarni mehnat bozori talablariga moslab tayyorlash, bitiruvchilar uchun ish o'rinlarini kengaytirish va amaliy ko'nikmalarni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, davlat xaridlari hamda birja savdolari sohalaridagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirildi.
Manba: UzA



