Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Termizda talabalarning tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari moliyaviy qo'llab-quvvatlanmoqda

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning bandligini ta'minlash hamda biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “O'zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyat bosh boshqarmasi hamda “Kelajakka qadam” markazi mutasaddilari ishtirokida rahbar va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlar tadbirkorligini moliyaviy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari

Samimiy ruhdagi ochiq muloqotda “O'zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Azim Rahmatov, “Kelajakka qadam” markazi bo'lim boshlig'i Azimjon Ilhomov va boshqalar mamlakatimizda ta'lim muassasalari bitiruvchilarining g'oya hamda loyihalarini qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo'nalishiga aylanganini ta'kidladilar. Tadbirda yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslariga ko'maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam”, “Kelajak tadbirkori”, “Mening birinchi kasbim” dasturlari, shuningdek, “Biznes start”, “Talaba invest”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” kabi kredit mahsulotlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ayni paytda viloyatdagi yosh tadbirkorlar va bitiruvchi yigit-qizlar mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda. Xususan, 2025-2026 o'quv yilida viloyat oliy ta'lim muassasalarining 838 nafar talabasiga 28,2 milliard so'm imtiyozli kredit mablag'i ajratilib, 870 ta talabaning bandligi ta'minlandi. Jumladan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 245 nafar bitiruvchisiga 2,5 milliard so'm kredit ajratilishi evaziga 300 ga yaqin talaba ishli bo'ldi.

Universitetda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilib, sohada ilmiy-amaliy tajribalarni tatbiq etayotgan yetakchi OTMlardan biridir. Bugungi kunda bu yerda 50 dan ortiq bakalavriat va qariyb 30 ta magistratura yo'nalishida o'n bir mingga yaqin talaba, magistrant, doktorant hamda mustaqil tadqiqotchi tahsil olmoqda.

Talabalar korxona va agroklasterlarda amaliy tajriba orttirib, o'qish davrining o'zidayoq kasbiy ko'nikmaga ega bo'lmoqda. Universitet huzuridagi injenerlik startap markazi va yosh agroinnovatorlar laboratoriyasi faoliyatini kuchaytirish, “Talaba – startapchi” modeli asosida g'oyalarni tijoratlashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tajriba maydonida banan ko'chatlarini mahalliy sharoitga iqlimlashtirish va rayhonning noyob navlarini ko'paytirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv davomida mustaqil hayotda o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan yoshlarning startap loyihalari va rejalari tinglanib, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi