Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Sirdaryo viloyatida 280 nafar yosh mutaxassis maktablarga ishga qabul qilindi

Sirdaryo viloyatida joriy o'quv yilida 280 nafar oliy ma'lumotli yosh o'qituvchi umumta'lim maktablariga ishga joylashtirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sirdaryo viloyatida yosh kadrlarni qo'llab-quvvatlash va ularning bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida joriy o'quv yilida 280 nafar oliy ma'lumotli yosh o'qituvchi umumta'lim maktablariga ishga qabul qilindi.

Ustoz-shogird tizimi va kasbiy qo'llab-quvvatlash

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, yosh pedagoglarni maktab tizimiga jalb etish bilan birga ularning kasbiy salohiyatini oshirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Yangi ish boshlagan o'qituvchilarni tizimda barqaror saqlab qolish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida mentorlik, ya'ni ustoz-shogird tizimi yo'lga qo'yilgan. Bu orqali tajribali pedagoglar yoshlarga dars jarayonlarini tashkil etish, metodik yondashuvlar va amaliyotdagi muammolarni hal etishda yaqindan ko'maklashmoqda.

Shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan trening va o'quvlar tashkil etilib, bu ularning kasbiy o'sishi, toifa olishi hamda daromadlarining bosqichma-bosqich oshishiga zamin yaratmoqda. Ko'rilayotgan bunday chora-tadbirlar ta'lim tizimida kadrlar barqarorligini ta'minlash va sifatli ta'limni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi