Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Talabalar startap loyihalari uchun 500 million so'mgacha mablag' ajratiladi

Hukumat qarori bilan "Eng innovatsion g'oya" respublika tanlovini o'tkazish tartibi tasdiqlandi. G'oliblarga 500 million so'mgacha grant beriladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Hukumatning 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g'oya” respublika tanlovini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjat davlat oliy ta'lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o'rtasida tanlov o'tkazish, startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo'lgan innovatsion g'oyalarni saralash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Tanlov bosqichlari va muddatlari

Qarorga ko'ra, “Eng innovatsion g'oya” tanlovi har yili sentabr–dekabr oylarida ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich barcha davlat oliy ta'lim tashkilotlarida o'z talabalari o'rtasida o'tkazilsa, respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo'nalish bo'yicha tashkil qilinadi.

Oliy ta'lim muassasalari har yili 10-sentabrda tanlovning birinchi bosqichiga arizalar qabul qilish boshlangani haqida e'lon beradi. Talabgorlar 10-oktabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza taqdim etishi mumkin. Bunda har bir talabgor tanlovda faqat bitta innovatsion g'oya bilan ishtirok etishi belgilangan.

Baholash mezoni va g'oliblarni taqdirlash

Tanlovga taqdim etilgan innovatsion g'oyalar saralash va tanlov komissiyalari tomonidan 100 ballik tizim asosida baholanadi. Bunda g'oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi uchun 20 ballgacha, dolzarbligi uchun 20 ballgacha, mavjud analoglardan farqi uchun 20 ballgacha, xarajatlar smetasining asoslanganligi uchun 20 ballgacha hamda g'oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar uchun 20 ballgacha beriladi.

Tanlovning birinchi bosqichida g'olib bo'lgan talabalar grant mablag'lari bilan taqdirlanadi. Xususan, birinchi o'rin uchun 50 mln so'm, ikkinchi o'rin uchun 30 mln so'm va uchinchi o'rin uchun 20 mln so'm grant ajratiladi. Respublika bosqichida g'olib deb topilgan innovatsion g'oyalarga esa ancha katta mablag' yo'naltiriladi. Innovatsion rivojlanish agentligi, talabgor va tegishli tashkilot o'rtasida tuziladigan shartnoma asosida birinchi o'rin sohibining g'oyasi 500 mln so'm, ikkinchi o'rin - 300 mln so'm, uchinchi o'rin - 200 mln so'm miqdorida moliyalashtiriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi