Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ish va o'qishni birga olib boruvchi xodimlarga qanday kafolatlar beriladi

O'zbekistonda ish bilan birga ta'lim olayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, o'quv ta'tillari va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qonunchilikka muvofiq, mehnat faoliyatini o'qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga zarur sharoitlar yaratib berish talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu boradagi qoidalar haqida ma'lumot berdi.

Kafolatlar kimlarga beriladi

Kafolat va kompensatsiyalar asosiy ish joyidan faqat birinchi marta tegishli darajadagi ta'lim olayotgan shaxslarga taqdim etiladi. Agar xodim shu darajadagi ta'limni oldin olgan bo'lsa-da, lekin ish beruvchi uni ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki alohida kelishuv asosida qayta o'qishga yuborgan taqdirda ham ushbu imtiyozlar berilishi mumkin.

Agar xodim ayni paytda ikkita ta'lim muassasasida o'qiyotgan bo'lsa, kafolatlar faqat uning o'zi tanlagan bitta ta'lim tashkiloti uchun amal qiladi. Mehnat kodeksining 383-moddasida ko'rsatilgan o'quv ta'tili xodimning umumiy ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar

Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida kechki yoki sirtqi shaklda o'qiyotgan xodimlarga quyidagi kafolatlar taqdim etiladi:

  • Laboratoriya-imtihon sessiyalari, davlat imtihonlari hamda diplom loyihasini himoya qilish davrida o'rtacha ish haqi saqlangan holda qo'shimcha o'quv ta'tillari beriladi.
  • Imtihonlar va diplom ishi topshiriladigan davrda qonunchilikda belgilangan tartibda ish haftasini qisqartirish yoki ishdan ozod etish kunlari taqdim etiladi.
  • Sirtqi bo'limda o'qiydiganlarga yiliga bir marta laboratoriya-imtihon sessiyasiga borib-kelish, shuningdek davlat attestatsiyasidan o'tish uchun ta'lim muassasasi joylashgan yerga borish va qaytish yo'lkira haqining 50 foizidan kam bo'lmagan miqdori ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
  • Xodimlarning navbatdagi yillik mehnat ta'tillari o'quv ta'tillaridan foydalangan yoki foydalanmaganidan qat'i nazar beriladi. Shuningdek, xodimning xohishiga ko'ra yillik ta'tilni imtihonlar yoki sessiyalar davriga to'g'rilab berish ham mumkin.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi