Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida xotin-qizlar va ilm-fan mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi faolligi va ularga yaratilayotgan imkoniyatlarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Termiz davlat pedagogika institutida xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni hamda ilm-fan sohasidagi yutuqlariga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir tashkil etildi. O'zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Ayol ilmli bo'lsa, kelajak avlod bilimli bo'ladi" mavzusidagi davra suhbatida partiya vakillari, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, institutning olima ayollari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar

Tadbir davomida mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. XDP viloyat kengashi raisi o'rinbosari A.Xolto'rayeva bu boradagi sa'y-harakatlar xotin-qizlarning faolligini oshirib, ilm-fan yo'nalishida salmoqli natijalarga erishishida muhim poydevor ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, Termiz davlat pedagogika instituti texnologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi Sh.Hakimova oliy ta'lim tizimidagi yangiliklar hamda xotin-qizlarning izlanishi uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Olima ayollar faoliyati va yutuqlari

Bugungi kunda mazkur oliy ta'lim muassasasida 152 nafar pedagog xotin-qiz faoliyat yuritib, yoshlarga saboq bermoqda. Ularning 40 nafardan ortig'ini ilm-fan bilan shug'ullanayotgan olima ayollar tashkil etadi. Tadbir davomida institutning yetakchi rahbar ayollari o'zlarining bosib o'tgan mehnat yo'li va ilm-fan yo'lidagi muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi. Yakunda talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi