Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Termiz davlat pedagogika institutining yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi

Termiz davlat pedagogika institutida 1500 o'rinli zamonaviy o'quv binosi ochildi. Loyiha qiymati 52 milliard so'mni tashkil etadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Termiz davlat pedagogika institutining 1 ming 500 o'ringa mo'ljallangan yangi o'quv binosini ochishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Marosimda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, mahalliy hokimlik vakillari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov va Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr yuritdi. Qayd etilishicha, so'nggi yillarda viloyatdagi oliy ta'lim dargohlari soni oshib, talabalar 60 ming nafardan oshdi. Shuningdek, hududda mingdan ortiq maktabgacha ta'lim tashkiloti, 800 dan ziyod umumta'lim va kasb-hunar maktabi hamda akademik litsey faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda Termiz davlat pedagogika institutida 10 ming 870 dan ziyod talaba 22 mutaxassislik bo'yicha tahsil olmoqda. Ularga 260 nafardan ortiq professor-o'qituvchi saboq bermoqda. O'tgan yili institutni tamomlagan 1 ming 81 nafar yosh mutaxassis viloyatdagi maktab va bog'chalarning pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qoplashga munosib hissa qo'shdi.

Zamonaviy infratuzilma va sharoitlar

“Termiz tezkor qurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan Yangi O'zbekiston massivi hududida barpo etilgan yangi o'quv binosining loyiha qiymati 52 milliard so'mni tashkil etadi. Salobatli bino zamonaviy arxitektura talablariga to'la javob beradi.

Yangi binoda talabalarning chuqur bilim olishi va kasb sirlarini mukammal egallashi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy jihozlangan o'quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oshxona, yotoqxona hamda sport mashg'ulotlari xonalari o'quvchi va talabalar ixtiyoriga berildi.

Tadbir doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri institut professor-o'qituvchilari va talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Uchrashuvda bo'lajak pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirish, ularning malakasini boyitish va ilg'or tajribalarni tatbiq etish yuzasidan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi