Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Termizda talabalar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida pilla yetishtirdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari ilm-fan va amaliyotni uyg'unlashtirib, yuqori sifatli pilla xom ashyosini olishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni o'zaro bog'lab, sohada amaliy tajribalarni tatbiq etayotgan oliygohlardan biriga aylandi. Universitet tajriba maydonida qishloq xo'jaligi yo'nalishida turli agrotexnologik izlanishlar olib borilmoqda.

Pilla yetishtirish va amaliy ko'nikmalar

O'tgan oyda yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi tomonidan "Ipakchi tadqiqotchi" to'garagi tashkil etilib, ipak qurti parvarishlash yo'lga qo'yildi. Kafedra o'qituvchilari va talaba-yoshlar birgalikda to'rt quti ipak qurtini parvarishlab, 200 kilogrammdan ortiq yuqori sifatli xom ashyo olishdi. Jarayon bir oydan ko'proq davom etdi va talabalar o'zlarining nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda sinab ko'rdi. Olingan mablag'ni xo'jalik shartnoma maqsadlarida ishlatish hamda universitetning iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashga o'z hissasini qo'shish maqsad qilingan.

Chiqindisiz texnologiya va Xitoy duragaylari

Loyiha doirasida professor-o'qituvchilar va talabalar Xitoy duragay pillasini yetishtirib, uni ilmiy asosda parvarishladi. O'ttiz-o'ttiz uch kunda hosil olishga erishildi. Olingan pilla chiqindisiz texnologiya asosida qayta ishlanib, uning ustidagi los tolasidan tortib ichidagi g'umbagigacha foydalaniladi. Xususan, ichidagi los tolalaridan xom ashyo sifatida foydalanib ip yigirish mumkin bo'lib, har bir pilladan 800 metrdan 1800 metrgacha xom ipak chiqadi.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur xom ashyo yordamida sifatli ipak gazlama va mato ishlab chiqarishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Universitetda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yo'lga qo'yilgan bu kabi loyihalar voha pillachiligida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda. Kelgusida mazkur loyihani yanada kengaytirish va sohadagi tadqiqotlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi