Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Al-Jabr maktabining filiallari o'rtasida an'anaviy Zakovat bellashuvi tashkil etildi

Al-Jabr xalqaro maktabining Sebzor va Yunusobod filiallari o'quvchilari o'rtasida Zakovat bellashuvi o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Al-Jabr xalqaro maktabida Sebzor va Yunusobod filiallari o'quvchilari o'rtasida an'anaviy Zakovat bellashuvi bo'lib o'tdi. Ta'lim maskanida uch yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu tadbir o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, ilmga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda bilim va ijod uyg'unligini rivojlantirishni maqsad qilgan.

Musobaqa doirasida o'quvchilar matematika, fizika, IT va ingliz tili fanlari bo'yicha maxsus tayyorlangan test sinovlarini topshirdi. Bellashuv avvalgi yillardan farqli ravishda to'liq elektron platforma orqali tashkil etilib, ishtirokchilar natijalari test yakunlangach darhol kompyuter tizimi orqali namoyish etildi.

Tadbirning muhim jihatlaridan biri ishtirokchilarning qur'a asosida tanlab olingani bo'ldi. Har bir sinf o'quvchilari ikki yo'nalishga bo'lindi: bir qismi bilim sinovlarida qatnashgan bo'lsa, yana bir qismi sahna ko'rinishlarida ishtirok etdi. Kim qaysi yo'nalishda qatnashishi esa tadbirdan bir kun oldin aniqlashtirildi. Bu esa barcha o'quvchilarning birdek tayyorgarlik ko'rishiga xizmat qildi. O'quvchilar nafaqat fanlar bo'yicha bilimlarini namoyon etdi, balki sahna chiqishlari orqali jamoada ishlash, erkin fikr bildirish va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini ham ko'rsatdi.

Rqamli formatdagi sinovlar

Al-Jabr xalqaro maktabi rahbari Matluba Karaxodjayevaning ta'kidlashicha, filiallararo bellashuvlardan asosiy maqsad qaysidir filialning ustun yoki sust ekanini aniqlash emas, balki barcha filiallar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.

Bu faqat o'quvchilar uchun emas, ustozlar uchun ham sog'lom raqobat muhitini yaratadi. Maqsad qaysidir filial kuchli yoki kuchsiz ekanini ko'rsatish emas, barcha filiallar teng raqobat muhitida rivojlanishi kerak, deydi maktab rahbari. Shuningdek, yildan yilga musobaqa formati ham takomillashib borayotgani, agar avvalgi yillarda o'quvchilar topshiriqlarni qo'lda bajargan bo'lsa, bugungi kunda test jarayonlari raqamlashtirilib, natijalar avtomatik tarzda shakllantirilayotgani qayd etildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi