Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Termizda talabalar o'rtasida tasviriy san'at tanlovi o'tkazildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan tasviriy san'at tanlovi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Mustaqillik - 35 yil shiori ostida tasviriy san'at tanlovi tashkil etildi.

Ijodiy ishlar namoyishi

Mazkur tanlovda mazkur oliy ta'lim muassasasining qurilish materiallari sanoati ixtisoslashtirilgan texnologiyalari fakulteti talabalari o'zlarining rang-barang va sermazmun ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka namoyish etishdi. Ochiq osmon ostida o'tgan bellashuvda ishtirok etgan izlanuvchan yigit-qizlar turli mavzularda tasviriy san'at asarlarini yaratishdi. Ular o'z ishlarida ona Vatanga bo'lgan cheksiz mehr-sadoqatni, yurtimizning betakror go'zalligini hamda tinch-farovon hayotni mahorat bilan aks ettirdilar. Shuningdek, asarlarda yoshlarning orzu-intilishlari, intellektual dunyoqarashi, mustaqillik va obod hayotning tuganmas ilhom manbai ekani o'z ifodasini topdi.

Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar

Bugungi kunda ushbu oliy ta'lim muassasasida o'n mingga yaqin yigit-qiz o'zlari tanlagan kasb sirlarini chuqur egallab kelmoqda. Talabalarning ilm-fan yo'lidagi izlanish va intilishlarini qo'llab-quvvatlash hamda ularning o'z iste'dodini keng namoyon etishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi