Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Tibbiyot oliygohlarida 6 yillik Umumiy tibbiyot bakalavriat dasturi joriy etilishi mumkin

O'zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda uzluksiz kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Kembrij, Pensilvaniya va Harvard universitetlari tavsiyalari asosida, xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji, shuningdek kadrlar yetishmovchiligi asosida shakllantirilishi rejalashtirilmoqda. Davlat buyurtmasi yo'nalishlar kesimida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yangi ta'lim dasturlari va bosqichlar

2027/2028 o'quv yilidan boshlab "Davolash ishi" yo'nalishi o'rniga 6 yillik "Umumiy tibbiyot" bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunda besh yillik ta'limdan keyin talabalar bir yil to'liq amaliy tayyorgarlikdan o'tishi belgilangan. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oilaviy tibbiyot bo'yicha kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilib, rezidentlarning oilaviy poliklinikalarda bir vaqtning o'zida o'qishi va amaliyot o'tashi yo'lga qo'yiladi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlash esa bosqichma-bosqich rezidenturaga o'tkazilib, magistratura asosan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo'naltiriladi.

O'rta bo'g'in va farmatsevtika yo'nalishi

O'rta tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ham yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Jumladan, oliy ma'lumotli hamshiralarning tashxis, davolash va profilaktika jarayonlarida shifokorga yaqin ko'makchi sifatidagi o'rni oshiriladi.

Farmatsevtika ta'limini ishlab chiqarish bilan yanada yaqin bog'lash ko'zda tutilgan. Korxonalar ehtiyoji asosida dual ta'lim kengaytirilib, amaliy mashg'ulotlar ulushini oshirish, talabalarni dori vositalarini ishlab chiqishdan tortib, sifat nazorati va standartlashtirishgacha bo'lgan jarayonlarga jalb qilish belgilanmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi