Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Tibbiyotda klinik ordinatura tugatilib, rezidentura tizimiga o'tiladi

Prezident farmoniga asosan tibbiyotda kadrlar tayyorlash tizimi o'zgaradi. 2027-yildan ordinaturaga qabul to'xtatilib, rezidentura joriy etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, rezidentura dasturlarining davomiyligi mutaxassisliklarga qarab tabaqalashtiriladi va xalqaro standartlar asosida tashkil qilinadi.

Rezidentura va yangi o'quv yili tartibi

Rezidenturada tor soha mutaxassislarini tayyorlash davlat tibbiyot ta'lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarida faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi. 2026-2027 o'quv yilidan boshlab oilaviy tibbiyot yo'nalishi bo'yicha rezidentura tashkil etiladi va uni tamomlagan bitiruvchilarga oilaviy shifokor mutaxassisligi beriladi.

2027-2028 o'quv yilidan e'tiboran esa tor soha mutaxassislarini tayyorlash to'liq rezidentura tizimiga o'tkaziladi. Shu munosabat bilan klinik ordinaturaga qabul jarayoni to'xtatiladi. Shuningdek, tibbiyot yo'nalishidagi tor soha mutaxassisliklari bo'yicha magistraturaga umumiy davlat buyurtmasi asosida qabul parametrlari qisqartiriladi.

Moliyalashtirish va stipendiyalar

Ordinaturaga qabulni to'xtatish va magistratura qabul parametrlarini qisqartirish natijasida bo'shaydigan mablag'lar to'g'ridan-to'g'ri rezidenturada mutaxassislar tayyorlashga yo'naltiriladi. Davlat granti asosida rezidenturaga qabul qilingan talabalarga davlat byudjeti hisobidan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,15 baravari miqdorida stipendiya to'lab beriladi.

Rezidentura ta'lim dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan bitiruvchilarga Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos keluvchi davlat namunasidagi diplom berilishi belgilandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi