Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent amaliy fanlar universitetida grant asosida o'qish imkoniyati e'lon qilindi

Mandatdan keyin Toshkent amaliy fanlar universitetida 25, 50 va 100 foizlik grantlarni qo'lga kiritish imkoniyati ochildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yakuniy mandat natijalaridan so'ng Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) abituriyentlar uchun maxsus grant tanlovini boshladi. O'qishga kira olmagan, yetarli ball to'play olmagan yoki boshqa yo'nalishga tavsiya etilgan yoshlar uchun grant asosida o'qishni davom ettirish imkoniyati mavjud.

Grantni qanday qo'lga kiritish mumkin

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun bir daqiqalik motivatsion video tayyorlash talab etiladi. Videoda o'zingizni tanishtirib, kelajakdagi maqsadlaringiz hamda nima uchun aynan shu yo'nalishda o'qishni xohlayotganingizni tushuntirib berishingiz kerak. Eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar 25, 50 yoki 100 foizlik grantlar bilan taqdirlanadi.

Universitet haqida qisqacha

Toshkent amaliy fanlar universiteti 2021-yilda tashkil etilgan bo'lib, o'tgan davr mobaynida bosqichma-bosqich rivojlandi. Hozirgi kunda OTMning Toshkent shahrining Chilonzor, Sergeli, Mirobod, Uchtepa va Yashnobod tumanlarida zamonaviy kampuslari faoliyat yuritmoqda.

Ta'lim dargohida iqtisodiyot, moliya, pedagogika, axborot texnologiyalari, filologiya, psixologiya, muhandislik va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 2025–2026 o'quv yilida 20 ga yaqin ta'lim yo'nalishi bo'yicha 5 mingdan ortiq talaba o'qishni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo'ydi.

Nazariya va amaliyot uyg'unligi

Universitet nomidagi "amaliy fanlar" so'zi ta'lim jarayonining asosiy yo'nalishini belgilaydi. Bu yerda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog'lashga alohida e'tibor qaratiladi. Talabalar ikkinchi kursdan boshlab o'z bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lib, bu ularni mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida chiqarishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ta'lim muassasasi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xorijiy OTMlar bilan aloqalarni mustahkamlash ustida ishlamoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan o'quv yilida universitet bitiruvchilarining qariyb 60 foizi ish bilan ta'minlangan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi